Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi
Jamiyat
−
02 iyul 5437 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 2 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Baku shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtdagi Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Dasturga muvofiq, bugun Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiya va almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti 4 iyul kuni Xonkendi shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Live
Barchasi