Mirziyoyev Putinga sim qoqib, uni tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga telefon qilib, uni 73 yoshi bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’atini davom ettirish, yetakchi korxona va kompaniyalarning sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, ikki mamlakat hududlarining ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Ma’lumot uchun, Putin 1952 yil 7 oktyabrda Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. U Rossiyaning sobiq prezidenti marhum Boris Yelsin qaroriga binoan 1999 yilning 31 dekabridan prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lib, 2000 yil 7 mayda prezidentlik lavozimiga o‘tirdi. 2004 yili u ikkinchi muhlatga saylandi. 2008 yilning 7 mayida prezidentlik lavozimini Dmitriy Medvedevga bo‘shatdi.

Putin 2012 yilgi Rossiya prezidentlik saylovida 64 foiz ovoz yig‘ib, uchinchi muhlatga saylandi. U prezidentlik lavozimini 2012 yilning 7 mayida egallagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilgandi va uni ham 73 yoshi bilan tabriklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin O'zbekiston-Rossiya tug'ilgan kun telefon suhbati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing