Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan uchrashdi
Jamiyat
−
04 iyul 4920 1 daqiqa
Bugun, 4 iyul kuni Ozarbayjonning Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Turli darajalardagi muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on temir yo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.
Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida Eron Islom Respublikasiga nisbatan olib borilgan harbiy harakatlar butun mintaqani urush girdobiga tortish, keng miqyosdagi ekologik halokat o‘chog‘ining vujudga kelish xavfini tug‘dirgani haqida gapirgandi.
Live
Barchasi