Mirziyoyev UNICEF ijrochi direktori bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 27 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Dastlab Ketrin Rassel O‘zbekiston yetakchisiga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomini yetkazdi.

Qonunchilikni takomillashtirish, bolalarni parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy xizmat va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va ularning sifatini yaxshilash, milliy standartlarni ishlab chiqish, ijtimoiy sug‘urtani kengaytirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi mamlakat dasturini qabul qilish, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish masalalari bo‘yicha qator xalqaro tadbirlarni birgalikda o‘tkazishga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida mamlakatda bo‘lib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev UNICEF Ketrin Rassel Bolalar jamg'armasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing