Mirziyoyev “Yangi Toshkent” aeroportiga tamal toshini qo‘yadi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 oktyabr kuni Toshkent viloyatida “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Davlat rahbari bugun Toshkent shahridagi qator ishlab chiqarish ob’ektlari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qiladi hamda ushbu mamlakat yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 27 avgust kuni “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida qurib bitkazilgan yangi aeroportni borib ko‘rgandi. Aeroportning qurilishi 2017 yilda boshlangan edi. Uning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. Endilikda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi va 3 ta harakatlanish yo‘li yangilanib, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega bo‘ldi. 20 ta samolyotga mo‘ljallangan perron barpo etildi. Boeing 787, A 320 kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolyotlar uchun angarlar qurildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkent xalqaro aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing