Mirziyoyevning Baku va Kiyev bilan aloqalari yuzasidan Zaxarova bayonot berdi

Jamiyat

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Prezident Shavkat Mirziyoyevning Kiyev va Baku haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan, O‘zbekiston suveren davlat ekanini aytib o‘tdi. Bu haqda u bugun, 29 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda so‘z ochdi.

“O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat ekanini eslatib o‘tmoqchiman. U boshqa masalalar qatori yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik va konstruktiv munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatini mustaqil belgilaydi va olib boradi”, dedi diplomat.

Zaxarova Rossiya O‘zbekiston bilan aloqalarini, jumladan, MDH, SHHT, BMT va YeOIIdagi hamkorlikni qadrlashini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona va o‘zaro manfaatli, shuningdek, har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik maqomi va xarakteriga ega.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston, Ozarbayjon va Yevropa: umumiy taraqqiyot yo‘lida hamkorlik” mavzusida 18 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi uchrashuv ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Ozarbayjon Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lashda strategik ko‘prik vazifasini bajarib kelayotganini ma’lum qilgandi. Prezident Mirziyoyev forumda ko‘plab vakillari ishtirok etayotgan Yevropa bilan munosabatlar o‘zining mutlaqo yangi rivojlanish davrini boshidan kechirayotganini qayd etgandi. Shuningdek, u Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning yangi umummintaqaviy jarayonlarni rivojlantirishda ishtirok etishga tayyor ekanini yuqori baholashini, uning Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo hamkorligini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini bildirgandi.

24 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Ukraina mustaqillik kuni bayrami bilan tabrikladi. Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘idagi sahafasida O‘zbekiston Prezidentining tabrik xatini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev Baku Kiev Mariya Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing