Misrda Saida Mirziyoyevaning faoliyati e’tirof etildi
Jamiyat
−
12:37 1315 1 daqiqa
Misrning mashhur “Al-Liwaa Al-Islami” gazetasi birinchi sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva faoliyati va O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlariga bag‘ishlangan tahliliy maqolani chop etdi.
“Al-Azhar va O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy loyihalar” sarlavhali maqolada Al-Azhar majmuasi Bosh imomi, shayx Ahmad Muhammad Tayyibning O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvi tafsilotlari keltirilgan.
Xorij matbuoti O‘zbekistonning bugungi kunda “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi ostida olib borayotgan siyosatini yuksak baholamoqda. Xususan:
- O‘zbekiston va Al-Azhar o‘rtasida qo‘shma ilmiy loyihalar boshlanishi;
- Talabalar uchun maxsus grantlar va tajriba almashinuv dasturlari;
- Ekstremizmga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasining o‘rganilishi alohida qayd etilgan.
Bu maqola O‘zbekistonning madaniy diplomatiyasi va Saida Mirziyoyevaning xalqaro aloqalarni rivojlantirishdagi sa’y-harakatlari Islom dunyosining eng nufuzli minbarlarida ham e’tirof etilayotganidan dalolatdir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qohirada Misr bosh imomi, “Al-Azhar” majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib bilan uchrashgandi. Kecha, 9 dekabr kuni u Qohirada Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida eng qadimiy masjidlardan birini ziyorat qildi.
Live
Barchasi