MLS taqvimini Yevropa futboli bilan moslashtiradi

Sport

image

AQSHning Oliy liga futboli (MLS) 2027 yildan boshlab musobaqa taqvimini tubdan o‘zgartiradi. Liga qarorga ko‘ra, MLS Yevropadagi eng kuchli ligalar kabi yozdan bahorgacha davom etadigan mavsum tizimiga o‘tadi. Yangi formatga ko‘ra, pley-off bosqichi may oyida yakunlanadi. Bu haqda liga o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Yangi tizim 2027 yilda qisqartirilgan o‘tish mavsumi bilan boshlanadi. Unda 14 o‘yindan iborat oddiy mavsum, pley-off va MLS kubogi finali o‘rin oladi. Yevropa uslubidagi birinchi to‘liq mavsum 2027 yil iyul o‘rtalarida boshlanadi va 2028 yil may oxirigacha davom etadi. Dekabr o‘rtalaridan fevral boshigacha qishki tanaffus joriy qilinadi, yanvar oyida esa liga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi.

Liga komissari Don Garber bu o‘zgarishni MLS tarixidagi eng muhim qarorlardan biri sifatida baholadi Garberning aytishicha, global taqvimlarga moslashish klublarning raqobatbardoshligini oshiradi, transfer bozorining faolligini kuchaytiradi va pley-off bosqichiga “uzluksiz, markaziy o‘rinni” ta’minlaydi. Taqvim o‘zgarishi Florida shtati Palm-Bichda o‘tkazilgan MLS boshqaruv kengashi yig‘ilishida tasdiqlangan.

MLS’ning hisob-kitobiga ko‘ra, yangi tizimda uchrashuvlarning 91 foizi hozirgi mavsumdagi o‘yin oynalariga to‘g‘ri keladi. Dekabr va fevral oylarida sovuq iqlimli hududlarda uy o‘yinlari keskin cheklanadi.

Liga bu o‘zgarishlarni to‘rtta strategik maqsad asosida ishlab chiqilgan:

  • yozgi transfer oynasiga mos ravishda vaqtni belgilash;
  • pley-off oldidan yozgi transferlar yakunlanishini ta’minlash;
  • FIFA xalqaro sanalari va yozgi turnirlar bilan to‘qnashuvlarni kamaytirish;
  • pley-offni may oyida – ob-havo yumshoqroq, raqobat kamroq bo‘ladigan paytda o‘tkazish.

MLS o‘zgarishlarni tasdiqlashdan oldin 2023 yil oktyabridan beri ikki yillik tahlil o‘tkazgan. Egalar, klub rahbarlari, futbolchilar, uyushmalar, hamkorlar va muxlislar fikrlari o‘rganilgan. Liga ma’lumotlariga ko‘ra, futbol tomoshabinlarining 92 foizi yangi tizimni qo‘llab-quvvatlagan.

Hozirgi mavsumda pley-off bosqichi NFL va kollej futboli bilan raqobatga majbur bo‘layotgani, shuningdek, yirik yulduzlar masalan, Son Xyon Min kabi futbolchilarning mavsum o‘rtasida kelib qo‘shilishi kabi muammolar ligani yangi jadvalga o‘tishga undagan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa MLS yangi tizim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing