Mourinyu ham Persidan mag‘lubiyat qabul qildi

Sport

image

Kecha, 6 avgust kuni UEFA Chempionlar Ligasi 3-saralash bosqichida Rotterdamdagi "Feyenoord" stadionida katta e’tiborga molik o‘yinlardan biri bo‘lib o‘tdi. Robin van Persi boshchiligidagi Niderlandiyaning “Feyenoord” klubi Turkiya giganti — Joze Mourinyu murabbiyligidagi “Fenerbaxche” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yin davomida:         

18-daqiqada "Fenerbaxche" futbolchisi Mert Myuldyur o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi — bu “Feyenoord”ga hisobni ochish imkonini berdi.

86-daqiqada "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat hisobni tenglashtirdi va jamoasiga umid baxsh etdi.

Ammo o‘yin so‘ngida, 90+1-daqiqada “Feyenoord” hujumchisi Muossa muhim golni kiritib, g‘alabani niderlandiyaliklar tomoniga og‘dirdi.


Bu Mourinyu uchun “Fenerbaxche” safidagi ilk jiddiy sinovlardan biri bo‘ldi va u undan muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Robin van Persi esa o‘z taktikasini to‘g‘ri qo‘llab, Mourinyuni taktik jihatdan ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 12 avgust kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Mourinyu jamoasi uy maydonida bu mag‘lubiyat uchun revansh olishga harakat qiladi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Robin van Persi Fenerbaxche Feyenoord Joze Mourin'yu UEFA Chempionlar Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing