Mubashshir Ahmadning sudi yana keyinga surildi

3-sahifa

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida diniy olim va bloger, “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ning navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, ushbu majlis yana boshqa kunga qoldirildi. Bu haqda “Azon Global” portali xabar berdi. 

Nashrning yozishicha, sud majlisi joriy yilning 2 oktyabr kuni soat 16:00 ga ko‘chirilgan. 

Sudning nima sababdan keyinga surilgani haqida esa rasmiy ma’lumot taqdim etilmagan. 

Qayd etish joiz, bu Tursunovning ishi bo‘yicha sud majlisining birinchi marta qoldirilishi emas. Uning birinchi sudi 19 avgust kuni bo‘lib o‘tdi va ayrim guvohlar kelmagani aytilib, sud ishi 8 sentyabrga qoldirildi. Ikkinchi sud majlisida ishtirok etgan guvohlar qo‘yilayotgan ayblovlar uchun yetarlicha dalillar keltira olmadi. Shundan so‘ng, sud 15 sentyabrga qoldirildi. Navbatdagi sud majlisida Tursunov ayblov moddasi bo‘yicha so‘ralgan savolga javob berdi. 

Ma’lumot uchun, Alisher Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Eslatib o‘tamiz, Mubashshir Ahmadning bundan oldingi sud majlisi joriy yilning 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Sudda davlat ayblovchisi Mubashshir Ahmadga 7 yil qamoq jazosini so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uchtepa Mubashshir Ahmad Alisher Tursunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing