Mujtabo Xomanaiy yashiringan va tashqi dunyo bilan aloqa qilmayapti – OAV
Olam
−
13:47 3919 1 daqiqa
AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy noma’lum joyda yashirinib yuribdi va juda kamdan-kam hollarda aloqaga chiqmoqda. Bu haqda CBS xabar berdi.
CBS telekanalining AQSH razvedka xizmatidagi ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy tashqi dunyo bilan deyarli hech qanday aloqaga ega bo‘lmagan holda noma’lum makonda yashirinmoqda va u bilan faqatgina choparlar (kurerlar)dan iborat murakkab labirint orqali bog‘lanish mumkin.
“Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik qilish vakolatiga ega bo‘lgan Eron mulozimlari o‘zlarining davlat boshqaruvi tizimi ichida kommunikatsiya o‘rnatishga qiynalishmoqda. Bu – Eron bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitim tafsilotlari va avval erishilgan kelishuvlarning juda sekinlik bilan oshkor bo‘layotganining bosh sabablaridan biridir”, deyiladi xabarda.
Jurnalistlarga ma’lumot yetkazgan AQSHning ikki nafar mulozimiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar taklif qilinayotgan kelishuv tafsilotlarini yuborganida, bu ma’lumotlarni Oliy rahbarga yetkazish bilan bog‘liq qiyinchiliklar javob olish jarayonining uzoq vaqtga cho‘zilib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Oq uy rasmiy vakili mazkur taxminiy razvedka ma’lumotlariga izoh berishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Tehron urushni to‘xtatish bo‘iycha kelishuvga ancha yaqinlashib qolganini aytgan edi.
Live
Barchasi