MYU Ruben Amorimni iste’foga chiqardi
Sport
−
05 yanvar 1723 1 daqiqa
Bugun, 5 yanvar kuni “Manchester Yunayted” rahbariyati Ruben Amorimni asosiy jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etishga qaror qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” rahbariyati Amorim bilan xayrlashish qarorini qabul qilgan. Endilikda klubning sobiq futbolchisi Darren Fletcher vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaradi va “Byornli”ga qarshi bahsda jamoani boshqarib boradi.
Ma’lumot uchun, Ruben Amorim 2024 yil noyabr oyida “Manchester Yunayted”ga kelib qo‘shilgan edi. U bungacha Lissabonning “Sporting” klubini boshqargan va jamoa bilan Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritgan.
“Manchester Yunayted” hozirda APL turnir jadvalida 31 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi