MYUga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Maykl Karrik klubning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassis “qizil iblislar” rahbariyati bilan mavsum  oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.
Maykl Karrik “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatidagi ilk uchrashuvini prinsipial raqib — “Manchester Siti”ga qarshi derbida o‘tkazadi. Uchrashuv joriy yilning 17 yanvar kuni Angliya Premer-ligasining 22-tur doirasida bo‘lib o‘tadi. Bahs Manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shu kunga qadar jamoani vaqtinchalik ravishda Darren Fletcher boshqarib kelgan. Uning rahbarligida “Manchester Yunayted” Premer-ligada “Byornli” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi, shuningdek, Angliya Kubogida “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  “Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorim lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” “Manchester Siti” Maykl Karrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing