Nyu-Yorkdagi aviahalokat oqibatida uchuvchilar qurbon bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Air Canada aviakompaniyasiga tegishli samolyot La-Guardiya aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashib ketgani xabar qilingan edi. Ushbu hodisa oqibatida ekipaj komandiri va ikkinchi uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda NBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, yana ikki kishi jarohat olgan, ularning holati haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Jarohat olganlar orasida o‘t o‘chirish xizmati xodimlari ham bor. 

Umuman olganda, samolyot bortida 76 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ulardan 41 nafari jarohat olgan va mahalliy shifoxonalarda yotqizilgan, 32 kishi esa uyiga qaytarilgan. Ba’zilari og‘ir jarohat olgan.

Air Canada Express aviakompaniyasiga tegishli ikki dvigatelli Bombardier CRJ-900 samolyoti Monrealdan uchib kelib qo‘nganidan so‘ng port ma’muriyatiga tegishli o‘t o‘chirish mashinasi bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv sabablari hali aniqlanmagan. Voqea sodir bo‘lgan La-Guardiya aeroporti vaqtincha yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) 2025 yil uchun parvoz xavfsizligi bo‘yicha yillik hisobotini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili samolyot bortida sodir bo‘lgan hodisalarda jami 394 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

aviahalokat N'yu-York Air Canada La-Guardiya aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing