Namanganda tungi klubdagi qizlarga “O‘tkan kunlar” romani sovg‘a qilindi
3-sahifa
−
01 avgust 2022 21443 1 daqiqa
Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi tungi klubda qo‘lga olingan to‘rt nafar qizga Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari sovg‘a qilindi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot kotibi Shohruh Kenjayev xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 iyul kuni Mingbuloq tumanidagi tungi klubda Oybek mahallasining inspektori tomonidan 4 nafar qiz va 2 nafar voyaga yetmagan yigit qo‘lga olingan. Ularning shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida tuman IIBga olib borilgan va barmoq izlari olingan.

“Ma’naviyat va ma’rifat markazi Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan ushbu qizlar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Suhbatda qizlarning hatti-harakati ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmasligi, bugungi kunda xotin-qizlarga keng imkoniyatlar yaratilgani haqida tushunchalar berildi. Suhbat yakunida ularga Abdulla Qodiriyning mashhur “O‘tkan kunlar” romani sovg‘a qilindi. Romandagi Kumush obraziga xos xususiyatlar sanab o‘tildi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi