Namlangan ko‘zlar va titragan qo‘llar. Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qanday o‘tdi? (fotoreportaj)

Jamiyat

image

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” – bu nafaqat maktab hayotining yakuni, balki har bir bitiruvchi uchun mustaqil hayotga boshlovchi muhim bosqichdir. Bugun, 24 may kuni O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim muassasasida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami nishonlandi. O‘qituvchilar, o‘quvchilar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari erta tongdan maktab hovlisida yig‘ildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertalab soat 08:00 dan 10:00 ga qadar davom etdi. 

Shuningdek, maktabdagi bayram tadbiri yakunlangach, yoshlarning dam olish va hordiq chiqarish maqsadida xiyobonlar, istirohat bog‘lari va boshqa jamoat joylariga borishi kutilmoqda. U yerda ham jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun 5 mingdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va harbiy xizmatchilar navbatchilik qiladi.

2024/2025 o‘quv yilini respublika miqyosida 450 mingdan ziyod 11-sinf bitiruvchilari tamomlamoqda. Shulardan 11 500 nafardan ortig‘i umumta’lim fanlari bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib, oltin medal, 2 000 nafardan ortig‘i esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024/2025 o‘quv yilida maktabni tugatayotgan bitiruvchilarga o‘z tabrigini yo‘llagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

maktab bitiruvchi So'nggi qo'ng'iroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing