Nani faoliyatini Qozog‘istonda davom ettiradi – OAV
Sport
−
20 yanvar 3080 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi, 2016 yilgi Yevropa chempioni Luish Nani Qozog‘istonning “Aqtobe” jamoasiga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda “Qazinform” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilgi Yevropa chempioni “Aqtobe” klubi bilan tuzilgan shartnomaning barcha shartlariga rozi bo‘lgan va tez orada Qozog‘iston jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmoqda. Futbolchi bilan esa bir yillik shartnoma imzolangan. Uning “Aqtobe”dagi maoshi oshkor qilinmagan, biroq xabarlarga ko‘ra, bu mahalliy Premer-liga tarixidagi eng yuqori maosh bo‘lishi aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, Nani joriy yilning 22 yanvar kuni Olmaotaga yetib boradi, so‘ngra Aqtobega yo‘l oladi va u yerda taqdimot marosimi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Nani faoliyatini “Manchester Yunayted” safida to‘rt marta Premer-liga chempionligi, ikki marta Liga kubogi, to‘rt marta Angliya Superkubok, bir marta Chempionlar ligasi va bir marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u faoliyati davomida “Sporting”, “Fenerbahche”, “Valensiya”, “Latsio”, “Orlando Citi”, “Venetsiya”, “Melburn Viktori”, “Adana Demirspor” va “Eshtrela” jamoalarida ham o‘ynagan.
Live
Barchasi