“Navbahor” futbol maktabi “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga o‘tadi

Sport

image

Namangandagi “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda bugun, 16 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak bo‘lmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki o‘yin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada to‘p tepib katta bo‘ladi. “Navbahor”ning har bir o‘yini – shahar uchun katta bayram”, deydi davlat rahbari. 

Qayd etilishicha, yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezident kelajakda bu akademiyada dunyoning top klublarida o‘ynaydigan, jahon chempionatlarida o‘z mahoratini namoyon qiladigan ko‘plab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Ma’lumot uchun, “Ayaks” futbol akademiyasi Amsterdam (Niderlandiya)da joylashgan futbol akademiyasi bo‘lib, u yerda tashkilot jami 13 ta yoshlar jamoasini (7-18 yosh oralig‘ida) boshqaradi. Akademiya Niderlandiyaning “Ayaks” futbol klubining asosiy tayyorgarlik markazi hisoblanadi. 2020 yil 11 sentyabr kuni CIES UEAFA’ga a’zo assotsiatsiyalarning 31 ta eng yuqori divizionida faoliyat yuritayotgan futbolchilarni tayyorlagan klublar bo‘yicha yillik reytingini e’lon qildi. Reytingda “Ayaks” akademiyasi 2-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ayaks Navbahor futbol maktabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing