UEFA Chempionlar Ligasida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sport
−
18 Sentabr 3590 2 daqiqa
Kecha, 17 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Kechagi kun doirasida 6 ta uchrashuv o‘tkazildi.
Quyida uchrashuvlar tafsilotlari bilan tanishing.
“Liverpul” 3:2 “Atletiko Madrid”
“Anfild”dagi bahsda “Liverpul” dastlab Robertson va Salahning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqdi. “Atletiko” Markos Lorentening ikkita goli orqali hisobni tenglashtirishga erishdi, biroq so‘nggi daqiqalarda Virdjil van Deyk burchak zarbasidan bosh bilan gol kiritib, mezbonlarga g‘alaba olib keldi.
“Bavariya” 3:1 “Chelsi”
“Bavariya” Myunxenda “Chelsi”ni mag‘lub etdi. Harri Keyn dubl qayd etdi. Mehmonlar safida Koul Palmer hisobni qisqartirdi, ammo “Bavariya” ustunligini ushlab qoldi.
“Pari Sen-Jermen” 4:0 “Atalanta”
Amaldagi chempion PSJ turnirni ishonchli g‘alaba bilan boshladi. Markinos, Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh va Gonsalo Ramosning gollari evaziga “Atalanta” yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Italiyaliklarning himoyasi deyarli har bir hujumni to‘xtata olmadi.
“Ayaks” 0:2 “Inter”
“Inter” Amsterdamda muhim g‘alaba qozondi. Markus Tyuram bosh bilan ikkita gol urdi. Birinchi gol 1- bo‘lim yakuniga yaqin, ikkinchisi esa 2- bo‘lim boshida. Har ikki gol ham Hakan Chalhanog‘luning burchak to‘plaridan keyin kiritildi. “Ayaks”da imkoniyatlar bo‘ldi, biroq gol urishda omad amsterdamliklar tarafida emasdi.
“Olimpiakos” 0:0 “Pafos”
“Pafos” 10 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, “Olimpiakos” maydonida muhim ochko qo‘lga kiritdi. Yunon jamoasi hujumlarni birin-ketin uyushtirdi, biroq “Pafos” himoyasi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qola oldi.
“Slaviya” 2:2 “Budyo-Glimt”
“Slaviya” Yussufa Mbodjining dubli orqali ustunlikni qo‘lga oldi. Biroq “Budyo-Glimt” oxirgi daqiqalarga qadar kurashib, Daniel Bassi va Sondre Fet gollari bilan muhim ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 18 sentyabr kuni ham bir qancha uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi reja qilingan.
Bugun, 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati:
- “Klub Bryugge” – “Monako”
- “Kopengagen” – “Bayer Leverkuzen”
- “Nyukasl” – “Barselona”
- “Manchester Siti” – “Napoli”
- “Frankfut” – “Galatasaray”
- “Sporting” – “Qayrat”
Live
Barchasi