Navoiyda haypchi bloger jazolandi (video)
3-sahifa
−
27 mart 7247 1 daqiqa
Hayp uchun ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan bloger jazoga tortildi. Bu haqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bloger bir oilaga oid asossiz va yolg‘on xabarlarni keng ommaga tarqatgan. Unga ko‘ra, ayolga eri tomonidan suiqasd qilingan. Biroq holat yuzasidan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganishlar olib borilib, voqea bloger tomonidan bayon etilganidek emasligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni kechasi er-xotin o‘rtasida oddiy oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ayol transport vositasidan tushib ketgan. Biroq unga nisbatan zo‘ravonlik yoki tan jarohati yetkazilmagan.
Mazkur jarayon tasodifan bloger tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylangan. Oqibatda holat noto‘g‘ri talqin qilinib, jamoatchilik orasida turli mish-mishlarga sabab bo‘lgan.
Sud qaroriga ko‘ra, holatni aniqlashtirmasdan ijtimoiy tarmoqqa tarqatgan blogerga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Shuningdek, jamoat tartibini buzgan er-xotinga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida avtomobillarni “tyuning” qilish bilan shug‘ullanuvchi avtoservisi rahbari, bloger Asadbek Jumayev qoidabuzarligidan faxrlanishini aytib chiqqandi. Keyinroq esa u bu ishi uchun 10 sutkaga qamaldi.
Live
Barchasi