Navoiyda 14 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
03 mart 16156 1 daqiqa
Navoiy viloyatida 14 yoshli qiz yashash xonadonining xo‘jalik binosida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan I.J. 28 fevral kuni soat 10:30 larda Karmana tumanidagi yashash xonadonining xo‘jalik binosida arqon bilan o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qilgan va voqea joyining o‘zida vafot etgan.
Qayd etilishicha, I.J.ning o‘lim sababi dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi aniqlangan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha Karmana tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qashqadaryo viloyatida 17 yoshli qiz 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.
Samarqand viloyatida esa 19 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr