Navoiyda 23 bolani Damas’da tashigan mast haydovchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida mast holatda 23 nafar bog‘cha bolasini mashinada tashiyotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 15 sentyabr kuni kuzatilgan. IIB tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida Damas mashinasi to‘xtatilgan va haydovchi avtomobilning salonida 23 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi, shuningdek, 2 tarbiyachini ham olib ketayotgani aniqlangan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, mashina ichida o‘zining farzandi ham bo‘lgan.

Haydovchining "pravasi" ham bo‘lmagan. Buning ustiga u transport vositasini mast holda boshqargan. Shu sababli, unga tegishli chora qo‘llanib, Damas mashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Damas avtomobilida 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi aniqlangandi. May oyida esa Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan xususiy bog‘chalardan biri Damas’da 32 nafar voyaga yetmagan bolalarning hayotini xavfga qo‘yib, manziliga olib borayotgan vaqtda to‘xtatib qolingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy IIB Damas tarbiyachi bog'cha bolasi mast haydovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing