Universitet mansabdori pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi 35 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Jumladan, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu ta’lim dargohining o‘quv xonalarini ta’mirlab bergan mas’uliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 mln so‘m pul mablag‘ini MCHJ hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 35 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mansabdor shaxs muqaddam sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo va Namangan viloyatlarida tezkor xodim, bo‘lim boshlig‘i va yuriskonsult pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy pora universitet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing