Navoiyning birinchi hokimi vafot etdi
Jamiyat
−
07 noyabr 14374 1 daqiqa
Navoiy viloyatining birinchi hokimi Abduxoliq Aydarqulov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abduxoliq Aydarqulov 1942 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 1964-1965 yillarda sovxoz ta’mirlash ustaxonalari boshlig‘i bo‘lgan, 1966-1977 yillarda “O‘zselxoztexnika” tuman birlashmasida muhandis-texnolog, muhandis-nazoratchi, bosh muhandis, boshqaruvchi bo‘lgan. 1977-1986 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Bo‘stonliq tuman ijroiya qo‘mitasi raisi, tuman qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan. 1986-1988 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Navoiy viloyat qo‘mitasi kotibi, viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1988 yilda Sirdaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi, 1990 yil sentyabrda O‘zbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lgan.
1990 yilda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga xalq deputati etib saylangan. 1992 yil 28 yanvardan 1995 yil 5 yanvargacha Navoiy viloyati hokimi sifatida ish faoliyatini olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati hokimi lavozimida 1992-1994 yillarda faoliyat yuritgan Damir Yodgorov 88 yoshida vafot etgandi.
Live
Barchasi