Nepalda ikki yoshli qizcha ma’buda bo‘ldi

Olam

image

Nepalda ikki yoshli qizaloq tirik ma’buda deb e’lon qilindi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qizaloq hindular sig‘inadigan Taleju ma’budasining yangi timsoli sifatida tanlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu sharaf ikki yoshli Aryatara Shakya ismli qizchaga nasib etgan.

Avvalgi tirik ma’buda sakkiz yoshli Trishna Shakya bo‘lgan. An’anaga ko‘ra, bu maqom faqat nevar xalqining Shakya buddist kastasiga mansub, balog‘atga yetmagan, sog‘lom, hech qachon qon to‘kmagan va tishi tushmagan qizlarga beriladi.

Nomzodda mukammallikning 32 alomati bo‘lishi kerak, masalan, lotusga o‘xshash teri rangi, sigirnikiga o‘xshash kipriklar va o‘rdaknikiga o‘xshash jarangdor ovoz. Bundan tashqari, kelajakdagi tirik ma’buda sinovdan o‘tishi kerak – u buqa kallalari orasida va qo‘rqinchli niqob kiygan erkaklar o‘rtasida ibodatxonada tunab chiqishi lozim. Endilikda Aryatara Kumari Chovk saroyida yashaydi, uning asosiy vazifasi mehmonlarni duo qilish va turli marosimlarda qatnashish bo‘ladi. Unga boshqa bolalar bilan o‘ynash, maktabga borish va saroy tashqarisida yerda yurishga ruxsat berilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Nepal ma'buda Aryatara Shakya Taleju

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing