Nobel qo‘mitasi Tinchlik mukofotining Trampga topshirilishiga izoh berdi

Olam

image

Norvegiya Nobel qo‘mitasi Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado tomonidan Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti AQSH Prezidenti Donald Trampga topshirilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda qo‘mitaning X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berildi.

“Nobel mukofoti e’lon qilingach, uni bekor qilish, bo‘lish yoki boshqa shaxslarga topshirish mumkin emas. Qaror yakuniy bo‘lib, doimo o‘z kuchida qoladi. Medal egasini o‘zgartirishi mumkin, biroq Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati maqomi o‘zgarmaydi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mariya Korina Machado Donald Trampga o‘zining Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti medalini topshirganini ma’lum qilgan edi. U va Tramp Oq uyda Venesueladagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashgan, suhbat ikki soatdan ortiq davom etgan.

2025 yilgi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Machadoga “Venesuela xalqi uchun demokratik huquqlarni ilgari surish yo‘lidagi tinimsiz sa’y-harakatlari” uchun berilgan. Donald Tramp esa bir necha bor o‘zining tinchlikparvarlik tashabbuslari uchun Nobel mukofotiga loyiq ekanini ta’kidlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Nobel' Mariya Korina Machado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing