Biz Eron bilan muzokara o‘tkazyapmiz – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp so‘nggi bir necha kun ichida Eron rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazganini va bu muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Vashingtonda “Melaniya” nomli hujjatli film namoyishi vaqtida gapirdi.

Trampning aytishicha, ayni paytda AQSHning juda katta va qudratli harbiy kemalari Eronga tomon yo‘l olgan. 

“Bu kemalardan foydalanishga to‘g‘ri kelmasa, juda yaxshi bo‘lardi”, degan Oq uy rahbari. 

Jurnalistlar Trampdan Eron tomoniga qanday talablar qo‘yilgani haqida so‘raganida, u ikki asosiy shartni ochiq aytganini bildirgan:

  1. Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak;
  2. Norozilik namoyishlarida qatnashayotgan fuqarolar o‘ldirilmasligi lozim.

Kecha, 29 yanvar kuni AQSH Prezidenti Eronga nisbatan turli choralarni ko‘rib chiqayotgani, jumladan, Eron rahbariyati va xavfsizlik kuchlariga nishonli zarbalar berish variantlari ham muhokama qilinayotgani ma’lum bo‘lgan. “Reuters” manbalariga ko‘ra, Tramp bunday choralar orqali norozilik bildirayotgan eronliklarni ruhlantirish va mamlakatda hokimiyat almashuviga sharoit yaratishni ko‘zlayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Eron yadroviy kelishuvni qabul qilmasa, Tehronga qarshi harbiy zarba berilishi mumkinligi bilan tahdid qilgandi.

Shundan so‘ng, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron har qanday tajovuzga darhol va qat’iy javob berishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, Eron Qurolli kuchlari to‘liq shay holatda va 12 kunlik urushdan olingan saboqlar yanada tez, kuchli va samarali javob berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Melaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing