Norinda sifatsiz dorilar sotgan “tadbirkor” ushlandi

3-sahifa

image

Norin tumanida noqonuniy tartibda dorixona ochib, unda sifati to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan dorilar savdosi bilan shug‘ullanyotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Norin tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. tegishli tartibda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Bo‘ston” MFY hududida dorixona ochib, uni yuritgan. Bundan tashqari fuqaro ushbu dorixonada sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, undan umumiy bahosi 140,9 mln so‘mlik 1 197 turdagi 29 289 dona dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbaning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tadbirkor Norin sifatsiz dorilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing