Noyabrda qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

3 noyabrdan shimoliy hududlarga, 4 noyabrdan O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

3-5 noyabrda respublika viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. 4-7 noyabrda havo harorati kechasi 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

Keyinchalik noyabr oyining oxirigacha havo harorati kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqdan 18-23 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-1,5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylada me’yorga yaqin bo‘ladi. Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida (2-3 kun) yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir qor O'zgidromet Noyabr'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing