Nufuzli bankning mansabdori 30 ming dollar bilan qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Nufuzli bankning mansabdor xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, yetakchi tijorat banklaridan birining Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Toshkent viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJda viloyat Soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan audit soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan 72 mlrd 956 mln so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni mazkur tizimda yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bartaraf qilib berish evaziga 110 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori kelishilgan pul mablag‘i hisobidan 30 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida hokimlikning qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi o‘z o‘g‘lining yerini sotish jarayonida pora talab qilgani uchun qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bank pora berish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing