Nursulton Ro‘ziboyevning UFC’dagi jangi bekor qilindi
Sport
−
16 avgust 11758 1 daqiqa
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev va amerikalik Brayan Battl o‘rtasida ertaga, 17 avgust kuni AQSHning Illinoys shtati Chikago shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jang bekor qilindi. Bu haqda UFC ligasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Brayan Battlning o‘rta vazn toifasi uchun vazni yetmagan. Qayd etish joiz, Ro‘ziboyev va Battl o‘rtasidagi jang UFC 319 turniri kartasidan so‘nggi bir necha kun ichida tushib qolgan uchinchi jang bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, UFC 319 turniri ertaga, 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Turnirning asosiy jangida o‘rta vazn toifasi chempioni Drikus Dyu Plessi va Xamzat Chimayev oktagonga chiqadi.
Ro‘ziboyev MMA’da professional jangchi sifatida 2014 yilda debyut qilgan, 2023 yilda esa UFC’ga qo‘shilgan. Uning statistikasida 36 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat mavjud. Bundan tashqari bir jang durang bilan yakunlangan, yana ikki jang esa o‘tkazilmagan, deb topilgan.
Live
Barchasi