Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
11:28 2280 2 daqiqa
AQSHning Vashington shahri markazida, Oq uy yaqinida otishma yuz berdi. Bu haqda AQSH Maxfiy xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Maxfiy xizmatning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida bir kishi yaralangan. Yaralangan shaxsning ahvoli hozircha noma’lum.
Otishma 15-ko‘cha va Mustaqillik prospekti kesishmasida sodir bo‘lgan. Bu joy Vashingtondagi monument hamda AQSH Kapitoliy binosi yaqinida joylashgan hudud hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Tramp hodisa vaqtida Oq uy ichida kichik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazayotgan bo‘lgan va chiqish to‘xtatilmagan.
Maxfiy xizmat xodimlari Oq uyni vaqtincha yopgan, hududda jurnalistlar yig‘ilgan va ular brifing zaliga olib kirilgan.
Shuningdek, Favqulodda xizmatlar yaralangan shaxsni kasalxonaga yetkazgan, yana bir o‘smirga yengil jarohat bo‘yicha yordam ko‘rsatilgani ham aytilmoqda.
Vashington politsiyasi hududni to‘liq o‘rab olgan va atrofdagi yo‘llar bir necha soatga yopilgan.
“Al Jazeera” muxbiri Alan Fisher esa Oq uy atrofi to‘liq o‘rab olinganini xabar qildi. Uning aytishicha, jurnalistlar brifinglar zaliga yig‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprelga o‘tar kechasi Washington Hilton mehmonxonasidagi banket zalida ham otishma sodir bo‘lgandi. 31 yoshli, Kaliforniyada yashovchi o‘qituvchi Allen mehmonxonada xona band qilgan va zal kirish qismida AQSH Maxfiy xizmati xodimiga qarata o‘q uzgan. U voqea joyida qo‘lga olingan. U yerda Tramp va uning rafiqasi ham bo‘lgan.
Keyinroq Tramp ushbu hujum Eron bilan bog‘liq emasligini taxmin qilgan.
Live
Barchasi