Olimpiada oltin medali kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Sport
−
02 dekabr 4364 1 daqiqa
“Lelands” auksion uyi amerikalik bokschi Jorj Forman tomonidan 1968 yilgi Mexiko o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan Olimpiada oltin medalini kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
1968 yilda Jorj Forman 19 yoshida 81 kilogrammdan yuqori vazn toifasida Meksika Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. 1985 yilda tashkil etilgan va sport yodgorliklari bilan tanilgan Lelands auksion uyi ushbu sotuvni uyushtirmoqda. Forman Olimpiya finalida sovet bokschisi Yonas Chepulisni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, ushbu medalni qo‘lga kiritgan edi. Medalning boshlang‘ich narxi 2 500 dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi taklif 6,486 dollardan oshmoqda.
Forman boks bo‘yicha Olimpiya chempioni, shuningdek, Jahon boks kengashi (WBC), Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF)ning og‘ir vazn toifasi bo‘yicha sobiq chempioni hisoblanadi. U professional faoliyatida 81 ta jang o‘tkazib, shulardan 76 tasida g‘alaba qozongan (68 tasi nokaut bilan) va 5 tasida mag‘lub bo‘lgan.
Forman professional karerasini 1969 yilda boshlagan va 1977 yilda nafaqaga chiqqan, ammo 10 yil o‘tib boksga qaytgan va 1997 yilgacha musobaqalarda qatnashgan. Nihoyat, u 48 yoshida doimiy nafaqaga chiqqan.
Live
Barchasi