Olimpiada savollari internetda tarqalib ketdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda matematika fanidan olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi savollari olimpiadadan oldin Respublika bo‘ylab tarqalib ketdi. Holat yuzasidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan va har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilgan. Hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda savollar chop etish jarayonida ayrim xodimlar savollardan noqonuniy tartibda namuna olgan va tarqatgan.

Shu sababdan agentlik matematika fanidan olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

“Hozirda bu holatga sababchi shaxslarni qidirish boshlangan va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortiladi. Fan olimpiadalari markazi barcha bosqichlarda jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis tashkil etilishidan manfaatdordir”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Shuningdek, agentlik fuqarolardan agar kimdir olimpiada savollari yoki javoblarini pul evaziga taklif etsa, jarayonlarga tanish-bilishchilik yoki noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlari bo‘lsa, darhol Fan olimpiadalari markazining maxsus boti yoki ishonch telefon raqamlariga murojaat qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtihonlar boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda test savollarining suratlari tarqalgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

maktab agentlik Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing