Maktablarda telefon ishlatish taqiqlanadi. Qozog‘istonda!
Olam
−
13 may 938 1 daqiqa
Qozog‘iston maktablarida dars vaqtida, hattoki tanaffuslarda ham smartfonlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Pedagog maqomi va ta’lim masalalariga oid qonun loyihasi mamlakat Oliy Majlisi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, qo‘shimcha tarzda quyidagi o‘zgarishlar joriy qilinadi:
- o‘qituvchilardan bir vaqtning o‘zida ham qog‘oz, ham elektron shaklda hisobot topshirishni talab qilish taqiqlanadi. Bunday holatlar uchun 43 250 tengedan 259 500 tengegacha (taxminan 93–560 dollar) jarima joriy etiladi;
- pedagoglarni ta’lim faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga yoki tadbirlarga jalb qilganlik uchun ham shunday miqdordagi jarimalar qo‘llanadi. Hozirgacha buning uchun faqat ogohlantirish berilar edi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning onlayn platformalarda majburiy akkaunt yuritish va materiallar joylashtirishdan bosh tortish huquqi mustahkamlanadi. O‘qituvchilar faqat dars jarayonida o‘quvchilar uchun javobgar bo‘ladi. Shu bilan birga, bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligi uchun ota-onalarning mas’uliyati kengaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda o‘qituvchilar majburiy tadbirlardan ozod qilinishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi