“Open budget”ga ovoz berish boshlandi. Andijonda mojaro

Jamiyat

image

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Andijon viloyatidagi 2 ta tuman mazkur bosqichdan chetlatildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 22 263 ta loyihalar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 18 656 tasi ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan. Ammo Andijon viloyatining Oltinko‘l va Ulug‘nor tumanlarida loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz ravishda rad etilgani bo‘yicha ishonch raqamiga fuqarolar tomonidan shikoyatlar tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan me’zonlarga asosan, qayta ko‘rib chiqish yuzasidan xatlar yuborilgan bo‘lsa-da, tegishli tuman ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar qayta ko‘rib chiqilishi ta’minlanmagan.

“Shu tufayli loyihalarning saralash bosqichida amaldagi me’zonlarga rioya etilmagani inobatga olinib, fuqarolardan kelib tushgan shikoyat va e’tirozlar asosida Ulug‘nor va Oltinko‘l tumanlarida tashabbusli byudjetning 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘tkazilmaydi”, deyiladi xabarda.

  1. Fuqarolar quyidagi usullar orqali ovoz berishi mumkin:
  2. “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;
  3. Portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
  4. Telegram’dagi rasmiy bot yordamida.

Ovoz berish jarayonlari joriy yil 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 avgust kunidan e’tiboran “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida saralash bosqichi yakunlangani va targ‘ibot bosqichi boshlangani xabar qilingandi. Shu tariqa saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashabbusli byudjet Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing