Otabek Shukurov BAA jamoasiga o‘tdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Birlashgan Arab Amirliklarnining “Bani Yas” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Bani Yas” klubi o‘zining futbol bo‘limi ijrochi direktori Sayyid Saqr al-Muskari ishtirokida o‘zbekistonlik futbolchi Shukurov bilan shartnoma imzolaganini e’lon qiladi. Shukurov O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Turkiya chempionatida – “Kayserispor” jamoasi safida to‘p surgan, shuningdek, BAAning “Sharja” klubida ham muhim tajribaga ega bo‘lgan. Keyinchalik “Al-Fayha” safida o‘ynadi. Bundan tashqari, futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 80 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan”, deyiladi klub xabarida.

Qayd etish, joiz, Shukurov so‘nggi bor Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” jamoasi sharafini himoya qilgandi. Joriy yilning yozida shartnomasi yakunlangach, jamoani erkin agent sifatida tark etgan. Shundan so‘ng, jarohatini davolash maqsadida Rossiyada bir muddat davolandi. Futbolchi shu kunga qadar yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan edi. 

Ma’lumot uchun, Otabek Shukurov faoliyati davomida Muborakning “Mashal”, Toshkentning “Bunyodkor”, BAAning “Sharja”, Turkiyaning “Fotih Karagyumryuk”, “Kayserispor” va Saudiya Arabistonining “Al- Fayha” jamaolari safida top surgan.

Bungacha O‘zbekiston milliy terma jamoasining boshqa futbolchisi Akmal Mozgovoy ham “Bani Yas” jamoasi bilan shartnoma imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov BAA “Bani Yas”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing