OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan binolar tasdiqlandi

Jamiyat

image

2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning manzili, fotosuratlari va xaritasi bilan tanishishi, shuningdek, test sinovi o‘tkaziladigan binoga oldindan tashrif buyurishi mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy saytiga 2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan.

Ma’lumotlarda quyidagilar aks etgan:

  • test sinovi o‘tkaziladigan hududning fotosuratlari;
  • hududga kirish joylari;
  • test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
  • joyning aniq manzili;
  • bino raqami;
  • test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
  • binolarning Google xaritasidagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Qayd etilishicha, abituriyentlar 12 iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzilda joylashgan test sinovi binolariga tashrif buyurishi va o‘sha joylar bilan oldindan tanishib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14 iyuldan 23 iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy ta'lim test kirish imtihoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing