P. Diddy'ga sud hukmi o‘qildi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 3 oktyabr kuni P. Diddy nomi bilan tanilgan amerikalik musiqa prodyuseri va reper Shon Kombs ayollarni  fohishalikka majburlashda ayblanib, to‘rt yilu ikki oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Sud uni sobiq sevgilisi Kassandra Ventura va boshqa ayollarni giyohvand moddalar berib, jismoniy zo‘ravonlik bilan fohishalikka majburlagani uchun aybdor deb topgan va to‘rt yilu ikki oy qamoq jazosiga hukm qilgan.

Shuningdek, unga 500 000 AQSH dollar miqdorida maksimal jarima belgilangan. P. Diddy bir yilga yaqin tergov hibsxonasida o‘tirgani hisobga olinsa, u uch yildan keyin ozodlikka chiqish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Prokurorlar reper uchun 11 yildan ortiq qamoq jazosini talab qilgan. Ammo reperning advokatlari uning zudlik bilan ozod etilishini talab qilib, P. Diddy’ning panjara ortida o‘tkazgan vaqtlari unga allaqachon yetarlicha dars bo‘lganini ta’kidlagan.

“Mening xatti-harakatlarim jirkanch va uyatli edi. Men o‘z yo‘limni yo‘qotib qo‘ydim. Men o‘zimdan boshqa hech kimni ayblamayman. Saboq olganimni bilaman va bundan juda afsusdaman. Men sudyadan rahm-shafqat so‘rayman”, degan Kombs.

Shuningdek, Shon Kombsning bolalari ham hakamlar hay’atidan otasini kechirishni va imkon qadar yengilroq jazo berishni so‘ragan.

“Biz onasiz o‘sganimiz kabi singlimizning otasiz o‘sishini xohlamaymiz. Iltimos, oilamizga yana baxtli kunlar qaytishi uchun imkoniyat bering”, degan reperning 18 yoshli qizi Delila Kombs.

Biroq sudya o‘z hukmida Kombsning xatti-harakatlari haddan tashqari nomaqbul ekanligini, agar ozod qilinsa, Kombs yana jinoyat sodir etmasligiga ishonchi komil emasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-York federal sudida Shon Kombsga nisbatan zo‘rlash va ta’qib qilish bo‘yicha oltita yangi da’vo qo‘zg‘atilgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sud hukmi Shon Kombs P. Diddy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing