To‘qayev ham Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashadi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda ishtirok etish uchun Moskvaga boradi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Oybek Smadiyarov ma’lum qildi.

Kreml bo‘lajak tashrifga munosabat bildirib, uni qozog‘istonlik yetakchining do‘stona qadami deb atagan.

“Tashrif doirasida Qosim-Jomart To‘qayevning Vladimir Putin bilan alohida uchrashuvi rejalashtirilgan. Davlat rahbarlari may oyi oxiriga rejalashtirilgan Rossiya Prezidentining Qozog‘istonga tashrifi arafasida strategik hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qiladi”, deyiladi manbada.

Avvalroq, Kreml saytida Moskvadagi paradga taklif etilgan xorijiy yetakchilar va yuqori martabali mehmonlarning rasmiy ro‘yxati e’lon qilingan edi. Biroq o‘sha ro‘yxatda Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari yo‘q edi. Shu bilan birga, Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov bu yil Moskva 2025 yildagidek xorijiy mehmonlarni maxsus taklif qilmaganini aytgandi.

Ma’lumot uchun, kecha, 7 may kuni Vladimir Putin qozog‘istonlik mavqedoshini G‘alaba kuni bilan tabriklagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketgani va u yerda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirda ishtirok etishi xabar qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Moskva Qosim-Jomart To'qaev G'alaba paradi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing