Pashinyan musiqiy guruh bilan sahnada debyut qildi (video)
Olam
−
02 fevral 2315 1 daqiqa
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan musiqachi sifatida o‘zining shaxsiy guruhi bilan sahnada debyut qildi. U bu haqdagi videoni o‘zining Instagram sahifasida joyladi.
Videoada Armaniston hukumati rahbari sahnada baraban oldida paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh “Varchabend” deb nomlangan.
G‘ayrioddiy chiqishga qiziqish shu qadar yuqori bo‘lganki, tashkilotchilar ro‘yxatdan o‘tkazishni belgilangan muddatdan oldin yopishga va konsertni kattaroq maydonga ko‘chirishga majbur bo‘lgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Pashinyan bu ishga jiddiy yondashmoqda va musiqiy loyihani davom ettirish, kelajakda bir qator konsertlar o‘tkazish imkoniyatini ham istisno qilmayapti.
Live
Barchasi