Turkiya Armaniston bilan vizaviy tartibni yengillashtirdi

Olam

image

Armaniston va Turkiya 2026 yil 1 yanvardan boshlab diplomatik, xizmat va maxsus pasport egalari uchun viza olish jarayonini soddalashtirishga kelishib oldi. Bu haqda tegishli qaror kecha, 29 dekabr kuni Armaniston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) saytida va Turkiya TIVning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

Kelasi yildan boshlab har ikki davlatning bunday pasport egalari elektron vizalarni bepul olish imkoniga ega bo‘ladi. 

“Shu munosabat bilan Armaniston va Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq, hech qanday oldindan shartlarsiz normallashtirish maqsadida ushbu jarayonni davom ettirishga sodiq ekanini yana bir bor tasdiqlaydi”, deyiladi davlatlar TIVlari bayonotida.

Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud emas, ikki davlat chegarasi esa 1993 yildan beri yopiq.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sekin-asta yaxshilanib bormoqda. 2025 yil yoz boshida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Istanbulda uchrashuv o‘tkazdi. Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan bu voqeani tarixiy deb atab, uni “Armaniston rahbarining bunday darajada Turkiyaga ilk tashrifi” deya baholadi.

2023 yilda ham Pashinyan Turkiyaga tashrif buyurgan – u Erdo‘g‘anning Anqaradagi inauguratsiya marosimida qatnashgan edi. Yerevan ma’lum qilishicha, bu galgi tashrif Turkiya bilan munosabatlarni normallashtirish uchun ham, Baku bilan bo‘lgan mojaroni tartibga solish uchun ham zarur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Armaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing