Pensiya olish uchun eng yaxshi davlatlar nomi aniqlandi

Olam

image

Pensiyaga chiqish uchun eng yaxshi davlatlar nomi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Global Intelligence Unit 2025" hisobotida keltirilgan.

Global Pensiya hisobotiga ko‘ra, Portugaliya pensiya uchun eng yaxshi mamlakatdir.

Hisobot xalqaro pensiya migratsiyasining (IRM) rivojlanayotgan manzarasini aniqlaydigan va yo‘naltiradigan keng qamrovli qiyosiy tadqiqotga asoslangan. Hisobotda 44 ta davlatdagi 44 passiv daromad va pensiya vizasi dasturlari baholanadi. Tahlil pensiyaga chiqish uchun maqbul mamlakatni aniqlash uchun mo‘ljallangan oltita kichik indeks va bitta umumiy indeksga guruhlangan 20 ta individual ko‘rsatkichlarga asoslanadi.

Bu yilgi reytingda birinchi o‘rinni Portugaliya, Mavrikiy, Ispaniya, Urugvay va Avstriya egallab turibdi, ular barcha parametrlar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan va bu ularni 2025 yilda eng yaxshi pensiya to‘laydigan mamlakatlarga aylantirgan.

Portugaliya xorijda nafaqaga chiqish uchun eng yaxshi davlat deb topildi. Mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan fuqarolarga D7 vizasini taklif qiladi, bu esa barqaror passiv daromadga ega, masalan, pensiya yoki ijara daromadi bo‘lganlarga nafaqaga chiqish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashitirilayotgani xabar qilingandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonovga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya islohoti loyihasida pensiyaning eng kam yoshi erkaklar uchun 60 yoshdan 63 yoshgacha, ayollar uchun 55 yoshdan 58 yoshgacha oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Xususan, pensiya yoshi har yili yarim yilga oshirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing