Yevro-2016 chempioni faoliyatini yakunladi
Sport
−
11 dekabr 1367 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempioni bo‘lgan terma jamoaning sobiq darvozaboni Ruy Patrisiu 37 yoshida faoliyatini yakunladi. Bu haqda “A Bola” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Patrisiuning xayrlashuv marosimi 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Patrisiu faoliyati davomida “Sporting”, “Vulverhempton”, “Roma”, “Atalanta” va “Al-Ayn” jamoalarida o‘ynagan. U Portugaliya terma jamoasi safida 108 ta o‘yin o‘tkazgan va jamoa bilan 2016 yilgi Yevropa chempionati hamda 2019 yilgi Millatlar Ligasida g‘olib chiqqan. “Roma” bilan esa u 2021-2022 yilgi Yevropa Konferensiya Ligasida g‘olib bo‘lgan.
Shuningdek, Patrisiu “Sporting” bilan 5 marta Portugaliya chempionligi, 2 marta Portugaliya kubogi, 2 marta Superkubok va 1 marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan.
Ruy Patrisiu 2016 yilgi Yevropa chempionatida Portugaliyaning asosiy o‘yinchi bo‘lib, turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. Finalda Patrisiuning Grizmann tomonidan yo‘llagan zarbani qaytarishi uning ona shahri Leyriyadagi “Munitsipal” stadion yonida haykal shaklida abadiylashtirilgan.
Live
Barchasi