Pogba doping taqig‘idan qaytgach, ilk bor “Monako” tarkibiga kiritildi

Sport

image

Fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba doping jazosi tugaganidan so‘ng birinchi bor “Monako” jamoasi tarkibiga kiritildi. Endi Pogba chempionat doirasida “Renn”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

32 yoshli yarimhimoyachida 2024 yil fevralida taqiqlangan DHEA moddasiga ijobiy test natijasi chiqqach, to‘rt yilga futboldan chetlatilgan, biroq Pogba Sport arbitraj sudiga murojaat qilganidan so‘ng uning jazosi 18 oygacha qisqartirilgan edi.

“Uni to‘liq salohiyatiga qaytarishga yordam beramiz, jamoaning manfaatlari doimo birinchi o‘rinda turadi,” dedi “Monako” bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli. 

U Pogbaning sifatlari, tajribasi va yetakchilik fazilatlari hali ham jamoaga katta foyda olib kelishini ta’kidladi. Murabbiyga ko‘ra, fransiyalik futbolchi maydon ichida va undan tashqarida muhim rol o‘ynashi, faqat yana raqobat sur’atiga moslashib olishiga to‘g‘ri keladi.

Pogbaning so‘nggi rasmiy o‘yini 2023 yil sentyabrida A Seriyada “Yuventus”ning “Empoli” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bahs bo‘lgan. Shundan so‘ng futbolchi joriy yilning iyun oyida “Monako”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Pogba va 70 dan ortiq sportchi Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)dan Isroilni futboldan chetlashtirishni talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

doping Pol' Pogba “Monako”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing