Germaniyalik Olimpiada chempioni doping sabab sportdan chetlatildi

Sport

image

Germaniyalik chang‘ichi va Olimpiada chempioni Viktoriya Karl 2026 yil fevralda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlarida qatnasha olmaydi. Bu qaror uning yozda olingan doping testida ijobiy natija ko‘rsatganidan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda Germaniya chang‘i sportlari assotsiatsiyasi (DSV) xabar berdi.

DSV’ning xabariga ko‘ra, Karl doping buzilishida gumon qilinganligi sababli mashg‘ulotlar va musobaqalardan vaqtincha chetlatilgan edi. Germaniya milliy antidoping agentligi (NADA) joriy yilning 22 sentyabr kuni ikki yillik taqiqni taklif qilgan va shundan beri sportchi va federatsiya “intizomiy sud ishini tinch yo‘l bilan hal qilish” bo‘yicha muzokara olib borayotgan bo‘lgan.

DSV Finlyandiyaning Ruka shahrida boshlanadigan yangi Jahon kubogi mavsumi oldidan Viktoriya Karl vaqtinchalik sportdan chetlatilganini ma’lum qildi. NADA’ning rasmiy qarori hozircha e’lon qilinmagan.

“Bu juda og‘ir vaqt edi, men doim hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilardim. Bir lahzalik e’tiborsizlik va noto‘g‘ri tibbiy muolajalar Olimpiya orzumning barbod bo‘lishiga olib keldi. Shu bilan birga, faoliyatimni davom ettirishga imkon beradigan to‘g‘ri va o‘z vaqtida qaror qabul qilinishiga umid qilaman”, deya izoh berdi sportchi.

Karlning ijobiy test natijasi klenbuterol moddasi bilan bog‘liq. 30 yoshli sportchi iyul oxirida olingan namunada ushbu preparat uchun ijobiy natija qayd etildi. Karl va DSV ma’lumotlariga ko‘ra, preparat nemis qurolli kuchlari shifokori tomonidan sportchiga yuborilgan yo‘tal siropida bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Viktoriya Karl 2022 yilgi Pekin qishki Olimpiada o‘yinlarida  jamoaviy sprintda oltin va estafeta poygalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Lazizbek Mullojonovda taqiqlangan modda aniqlangani sababli 3 yil muddatga musobaqalardan chetlashtirilganini rasman ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

doping Olimpiada chempioni Viktoriya Karl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing