Pokiston Afg‘oniston sharqiga hujum qildi. Qurbon bor
Olam
−
30 mart 2443 1 daqiqa
Pokistonning Afg‘oniston sharqidagi Kunar viloyatiga bergan raketa zarbalari oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Hasht e Subh daily” xabar qildi.
Qayd etilishicha, “Tolibon” muvvaqat hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Hamdulla Fitrat kecha, 29 mart kuni bergan hisobotida, ushbu hujumlar Kunar viloyati markazi atrofidagi hududlar va aholi xonadonlarini nishonga olingani, oqibatda tinch aholi vakillari qurbon bo‘lganini aytgan.
Shuningdek, u hujumda jarohatlanganlarning aksariyati ayollar va bolalar ekanini qo‘shimcha qilgan.
Fitratning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston harbiy kuchlari kecha, 29 mart kuni soat 17:00 atrofida Kunar viloyatidagi aholi uylariga yana bir bor og‘ir qurollar bilan hujum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston va Afg‘oniston chegarasida vaqtinchalik sulh muddati tugagach, harbiy harakatlar qaytadan boshlangandi. O‘t ochishni to‘xtatish muddati tugagach, Pokiston harbiylari Naray va Sarkano tumanlariga o‘nlab snaryadlar otgan. Oqibatda ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan.
Live
Barchasi