Pokistondagi masjidda juma namozi vaqtida portlash yuz berdi (video)
Olam
−
28 fevral 6948 1 daqiqa
Bugun, 28 fevral kuni Pokistonning Naushera tumanidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu portlash Dar al-Ulum Haqqoniya masjidida sodir bo‘lgan. Oqibatda kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 12 kishi yaralangan. Shu bilan birga, tibbiyot muassasalarida yuqori ogohlantirish rejimi e’lon qilingan.
“Pokiston shimoli-g‘arbidagi Dar al-Ulum Haqqoniya masjidida yuz bergan portlash oqibatida to‘rt namozxon halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu portlash Ramazon oyi oldidan so‘nggi juma namozi paytida sodir bo‘lgan. Voqeaning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Balujiston viloyatida qurollangan shaxslar avtobusga hujum qilib, 7 nafar panjoblik yo‘lovchini o‘ldirgandi. Hujumchilar avtobusning g‘ildiraklarini o‘qqa tutib, uni yo‘lda to‘xtatgan.
Live
Barchasi