Polshada qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, elchixonaga ikki nafar o‘zbekistonlik – biri salomatligidagi muammo sababli og‘ir ahvolga tushgani, ikkinchisi moliyaviy qiyinchilik va hujjatlarini yo‘qotgani bois murojaat qilgan. Shundan so‘ng, elchixona vakillari ularni O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan.

Betob bo‘lib qolgan o‘zbekistonlik insult tashxisi bilan tibbiy muassasada bo‘lgan. Shu bois, unga Polsha tibbiyot muassasasi tavsiyasiga muvofiq, parvozga ruxsat berilgunga qadar zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yana bir O‘zbekiston fuqarosiga esa ortga qaytish hujjatlari to‘g‘rilangan.

Ularni ortga qaytarishda Varshava–Riga yo‘nalishida maxsus transportda, Riga–Toshkent bo‘yicha esa aviareys orqali amalga oshirilgan. Har ikki fuqaro uchun Latviyaga kirish ruxsatnomalari rasmiylashtirilib, tranzit harakati ta’minlangan. Rigagacha transport xizmatlari tashkil etilgan va aviachiptalar xarid qilingan. Aviachipta xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hisobidan qoplandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Polshada qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha o'zbekistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing