Portugaliya Ronalduning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha FIFA’ga ariza tayyorlamoqda
Sport
−
17 noyabr 2455 2 daqiqa
Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) Krishtianu Ronalduning Irlandiyaga qarshi o‘yinda (0:2) Dara O’Shi bilan to‘qnashuvdan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgani sababli, uning 2026 yilgi Jahon chempionatining ilk o‘yinini o‘tkazib yubormasligi uchun FIFA’ga murojaat qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu “JM-madeira” nashri xabar berdi.
Ronaldu diskvalifikatsiya tufayli Armaniston ustidan 9:1 hisobida qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabada maydonga tushmadi. Biroq uning taqiqi necha o‘yin davom etishi hozircha aniq emas. Odatda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bir necha o‘yinga jazoga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa uni JCH-2026 ning ilk o‘yinini ham o‘tkazib yuborish ehtimolini kuchaytiradi.
Manbaga ko‘ra, FPF prezidenti Pedro Proenka boshchiligida federatsiya jazoni yumshatish uchun uch asosiy dalilni o‘z ichiga olgan rasmiy murojaat tayyorlamoqda.
Murojaatda ta’kidlanayotgan asosiy omillar:
- Stadiondagi keskin muhit va Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimssonning Ronalduni avvalgi o‘yinda hakamga bosim o‘tkazganlikda ayblashi.
- To‘qnashuv oldidan Dara O’Shining Ronalduning formasidan tortgani, ya’ni provokatsiya mavjud bo‘lgani.
- Ronalduning namunaviy intizomi – terma jamoa safida 226 ta o‘yinda u biror marta ham qizil kartochka olmagan.
Federatsiya ushbu dalillar asosida diskvalifikatsiyani qisqartirish yoki bekor qilish orqali Ronalduning Jahon chempionatining ochilish o‘yinida ishtirok etishiga erishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya Armanistonga qarshi bellashuvda 9:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani olgan edi.
Live
Barchasi